Samarqandda Instagram orqali moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib kelgani aytilmoqda. 45 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida 479 mln so‘m olgani aniqlandi.
Moliyaviy piramida nima va u qanday ishlaydi? Uning tarmoqli marketingdan qanday farqi bor? Aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak? «Gazeta.uz» islom moliyasi bo‘yicha ekspert, qator xalqaro tashkilotlar kengashi a’zosi Xondamir Nusratxo‘jayev bilan hamkorlikdagi materialida ushbu savollarga javob beradi.
Jizzaxda moliyaviy piramida tashkilotchilari Telegram orqali mablag‘ jalb qilib, uning bir qismi avvalroq guruhga qo‘shilganlarga to‘lab kelgani aniqlandi. Jami 692,3 mln so‘m qo‘lga kiritilgan.
DXX Toshkent shahrida moliyaviy piramida tashkil qilganlikda gumonlangan «Realnaya investitsiya» jamiyati rahbarini hibsga oldi. U fuqarolardan 15 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pullarni olib, har oyda kamida 10% dan foyda berishiga ishontirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 100 ga yaqin fuqarodan 2,5−3 mln dollar qarzi bor. Unga nisbatan 7 ta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jabr ko‘rganlardan esa Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.
DXX Chinoz tumanida «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlab, bir nafar fuqaroni hibsga oldi. U jami 12 kishidan 94 ming AQSh dollari, 394 mln so‘mlik 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva molini olganligi aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘g‘atildi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti yillik 262 foizli depozitlarni taklif qilgan Golden Cash Store moliyaviy piramidasi bo‘yicha jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor qildi. Kompaniya faoliyatidan bir necha ming fuqaro jabr ko‘rdi, ular 100 dan 10 ming dollargacha qiymatdagi oltin va kumush buyumlarni topshirgan. Tekshiruvlar davomida korxonaning bank hisobvarag‘idan 1,1 mlrd so‘m, ta’sischilardan birining plastik kartasidan esa 2,4 mlrd so‘m pul topildi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Ukraina fuqarosi asos solgan Golden cash store xorijiy korxonasini moliyaviy piramida tashkil etganlikda ayblamoqda. Tergovga ko‘ra, gumondor oltin va kumush mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali uning sotuvidan yillik 260 foiz daromad ko‘rishni taklif qilgan. Foizlar esa yangi mijozlar hisobidan to‘lab berilgan.
Qashqadaryoda 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqaroni jami 9 mln dollarga chuv tushirgan shaxslarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting